13.01.2022 49

Viktorinaning birinchi soni yakunlandi

Hozirgina O‘zJOKU talabalari uchun “Men bilgan O‘zbekiston” nomli viktorinaning birinchi soni yakunlandi. Unda 130 ga yaqin talabalar ishtirok etishdi.

Viktorinada 15 ta savolga 10 daqiqa ichida tezkorlik bilan eng ko‘p javob bergan ishtirokchi siyosatshunoslik yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Shaxnoza Komila g‘olib bo‘ldi va 1 000 000 (bir million) so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi. Mukofot bugunoq g‘olibga karta orqali o‘tkazib beriladi.

Go‘libni tabriklaymiz, qolgan talabalarni esa viktorinaning keyingi sonlarini ishtirok etishga chorlab qolamiz!

Bo'lishmoq: