20.05.2019 1472

Ustozlar sahnasida "Anor" spektakli O'zJOKU talabalari tomonidan namoyishga qo'yildi

    20-may kuni “Talabalar teatr studiyasi” faollari tomonidan Abror Xidoyatov nomidagi Drama teatrida “Anor” spektakli namoyish etildi. 


    Katta sahnaga chiqqan talabalar bugun jurnalistika talabalari ekanliklarini unutib, ilk bora o‘zlarining aktyorlik qobiliyatlarini namoyish qildilar. 


    Teatrga 3 nafar aktyor talaba (Turobjon, Xotini va qo‘shiqchi qiz), RJ, rejessyor, kiyim ustalari va boshqa bir qator talabalar ishtirok etishdi. Talabalar teatr studiyalarining afzalligi shundaki, tadbirni tashkil etish, rol ijro etish, kiyim tanlash, grim qilish hamma hammasini o‘zlari bajarib, qilingan ishdan olam olam rohat oldilar. 


    Teatrga a’zo bo‘lmagan ammo tomoshaga kelgan talabalar ham teatr studiyasi a’zosi bo‘lish uchun ularga qo‘l berdilar.

 
     Birinchi marta sahnaga chiqqan talabalarning maxoratlari, teatr san’atidan olgan bilimlari kamlik qildi shekilli, hay’at a’zolari tomonidan biroz tanqidiy fikrlar bildirildi. Ammo "eng yaxshi ayol" roli uchun Dilshoda Olimova va tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lganligi uchun "Eng yaxshi sahnalashtirilgan teatr" uchun “Anor” spektakliga Tashakkurnoma taqdim etildi. 


    Yangi o‘quv yilida talabalar bu yo‘nalishda yangi marralarni ko‘zladilar va albatta buning uchun ko‘p va xo‘p mehnat qiladilar. 

Bo'lishmoq: