17.11.2021 499

Unutilmas talabalar kuni!

Bugun Butunjahon talabalar kuni munosabati bilan O‘zJOKUda talabalar uchun katta tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda bugunga qadar e’lon qilingan tanlovlar g‘oliblariga mukofotlar topshirildi, jumladan vaksinatsiya jarayonlarida faol bo‘lgan talabalar uchun belgilab qo‘yilgan sovg‘alar – asosiy sovrin Redmi 9A, 2 ta Redmi Smart soatlari va boshqa qimmatbaho, esdalik sovg‘alari ham o‘z egalarini topdi.

Shuningdek, har bir dekanat o‘z talabalari orasidan eng faollarini saralab olib, ularni ham maxsus sovg‘alar bilan taqdirladilar. Bugungi drayv, shijoat, energiya va pozitiv kayfiyatga to‘la tadbir talabalar uchun unutilmas bo‘lganiga ishonamiz.

Bo'lishmoq: