25.11.2021 513

Turan Universitetidan bepul master klasslar

Qozog‘iston Respublikasining Turan Universiteti bitiruvchilari assotsiatsiyasi tomonidan yoshlar uchun o‘zlarini yangi sferalarda sinab ko‘rishlari va bu orqali karyeralarini rivojlantirishlari mumkin bo‘lgan mavzularda master klasslar tashkil etilmoqda.

Master klasslar “Marketing analitika”, “Suhbat jarayonida eng ko‘p beriladigan savollar va ularga javob berish texnologiyalari”, “Job offer topish”, “O‘z maqsadlaringizga mos keluvchi ish beruvchini aniqlash” mavzulari yuzasidan bo‘lishi kutilmoqda. Master klasslarda ishtirok etish mutlaqo bepul bo‘lib, quyidagi havolada keltirilgan elektron manzildan ro‘yhatdan o‘tgan holda ishtirok etish mumkin bo‘ladi.

Bo'lishmoq: