25.11.2022 270

Tojikiston Respublikasi teleradiokanallari va Axborot xizmatlari vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurishdi

Kuni kecha O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga Tojikiston Respublikasi teleradiokanallari rahbarlari, markaziy nashrlar bosh muharrirlari, Axborot xizmatlari vakillaridan iborat delegatsiya tashrif buyurishdi.

Dastlab mehmonlar universitet kampusi hamda Red seven, tele va radio studiya, mobil muzey va talabalar uchun yaratilgan boshqa sharoitlarni ko‘zdan kechirdilar.
Delegatsiya vakillari O‘zJOKUda shu davrga qadar yo’lga qo’yilgan Xalqaro hamkorlik faoliyati bilan tanishdilar.

Shundan so‘ng, Tojikiston Respublikasi teleradiokanallari rahbarlari, markaziy nashrlar bosh muharrirlari, axborot xizmatlari vakillari hamda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti vakillari bilan birgalikda muzokaralar o‘tkazdilar. Uchrashuvda istiqboldagi turli rejalar, amalga oshirilishi kerak bo‘lgan masalalar muhokama qilindi.

Bo'lishmoq: