17.11.2021 830

Televideniyaning tirik afsonalari bilan uchrashuv!

Bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida O‘zbek televideniyasining 65 yillik tantanasi munosabati bilan mamlakat telekanallarida faoliyat yuritgan ilk taniqli jurnalist va suxandonlar ishtirokida katta ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvga tashrif buyurgan Nasiba Ibrohimova, Galina Melnikova, Nasiba Qambarova, Dilorom Umarova, Maqsuda Qoratoyeva, Alisher Badalov Muslimbek Yo‘ldoshev, Dildora Rustamova va Jamshid Umrzoqovlar talabalarga o‘z hayotiy va kasbiy tajribalari haqida hikoyalarni hamda aytishlari lozim deb bilgan o‘gitlarini so‘zlab berishdi.

Universitet rektori professor Sherzodxon Qudratxo‘ja ham bugungi uchrashuvda so‘zga chiqib, tirik afsonaga aylanib ulgurgan ustozlarni universitet talabalariga dars berishga taklif etdi.

Mehmonlar universitet binosi, yangi foydalanishga topshirish arafasida turgan qayta jihozlanayotgan tele va radio studiyalarni ko‘rib, o‘z hayratlarini yashirmadilar, ulardan ba’zilari hatto qaytadan o‘qishni istayotganlarini ham ta’kidlashdi.

Bugungi uchrashuvdan mehmonlar, mezbonlar va eng muhimi talabalar ham katta taassurot bilan qaytishdi.

Bo'lishmoq: