08.01.2022 516

Tabriklaymiz!

Bugun taniqli jurnalist va yozuvchi Xurshid Do‘stmuhammad 71 yoshni qarshi oldi.

Xurshid Do‘stmuhammad O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tashkil etilgan ilk kunlardanoq universitetga qimmatli maslahatlari, beminnat yordamlari bilan katta hissa qo‘shgan insonlardandir. Buning uchun universitet ahli ulardan doim minnatdor!

Bugungi tavallud kunlari bilan Xurshid Do‘stmuhammadni O’zJOKU rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja va universitet jamoasi nomidan samimiy qutlaymiz. Ularga sog‘lik, uzoq umr, oilaviy hotirjamlik va ijod olamida ulkan zafarlar tilab qolamiz!

Bo'lishmoq: