19.06.2022 1467

Tabiatni birgalikda asraymiz!

Joriy yilning 17-iyun sanasida Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti xodimlari va talabalari Davlat ekologiya qoʻmitasi bilan hamkorlikda “Tabiatni birgalikda asraymiz!” shiori ostida ekologik muhitni saqlash boʻyicha Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumani hududida tozalash tadbirini uyushtirdi.

Mazkur tadbirda talabalar hamda xodimlar bilan birgalikda ekofaollar ham ishtirok etishdi. Xususan, masʼullar tomonidan koʻngillilarga atrof-tabiatni asrash boʻyicha kerakli bilim hamda tavsiyalar berilib, ular bilan tushuntirishlar olib bormoqda.

Mazkur tadbirda universitetning Bosma OAV va noshirlik ishi fakulteti talabalari ham faol qatnashishdi. Yoshlarning tabiatni asrash, unga eʼtiborli boʻlish borasidagi saʼy-harakatlari kelajakda atrof-muhit muhofazasi uchun muhim qadam boʻlishi aniq.

Bo'lishmoq: