05.11.2022 432

“STEAM Azerbaijan” xalqaro festivali tashkil etilmoqda

Ozarbayjon Respublikasi Fan va ta’lim vazirligi tomonidan joriy yil 5-9-dekabr kunlari Boku shahrida “STEAM Azerbaijan” xalqaro festivali tashkil etilmoqda.

Ushbu festival o‘n toifali musobaqalar va innovatsion loyihalar ko‘rgazmasi shaklida o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Ma’lumot uchun: “STEAM Azerbaijan” fan, texnologiya, muhandislik, san’at va matematika fanlarini birgalikda va integratsiyalashgan holda o‘qitish g‘oyasiga asoslanadi.

Festivalda qatnashish istagini bildirgan talabalar universitetning Xalqaro hamkorlik bo‘limiga murojaat qilshingiz so‘raldi.

Fayllarni yuklab olish

Bo'lishmoq: