17.05.2022 290

“Puma SE” kompaniyasi rekruteri bilan onlayn seminar

Bugun O‘zJOKU Jamoatchilik bilan aloqalar va reklama kafedrasi tomonidan “Puma Headquarters” kompaniyasi rekruteri, kompaniyaning birinchi va yagona o‘zbek xodimi Iroda Karimova bilan onlayn seminar mashg‘uloti tashkil etildi.

Talabalar uchun PR sohasi bo‘yicha tashkil etilgan ushbu seminarga kafedra o’qituvchisi Feruza Alikulova boshchilik qildi. Seminar nafaqat talabalar balki professor-o‘qituvchilar uchun ham yangi ma’lumotlarga boy tarzda o’tdi.

Tadbir yakunida talabalardan eng yaxshi berilgan savol uchun Iroda Karimova Puma kompaniyasidan ajoyib sovg‘a yuborishini ma’lum qildi.

Bo'lishmoq: