20.09.2022 394

Ozod Sharofiddinov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi

Bugun O‘zJOKU Bosma OAV va noshirlik ishi fakulteti mas’ullari universitet yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi va tyutorlar talabalar bilan birgalikda adiblar hiyobonida bo‘lishdi.

Hiyobonda Ozod Sharofiddinov hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ma’naviy ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda yozuvchilar uyushmasi a’zolari ham ishtirok etib, talabalar bilan adiblar hayoti ijodiga oid qiziqarli savol javob o‘yinlari tashkil etishdi.

Tadbir yakunida yozuvchilar uyushmasi mas’ullari tomonidan talabalarga esdalik sovg‘alar taqdim etildi.

Bo'lishmoq: