04.09.2021 383

O‘zJOKUga qabul qilingan talabalarimiz diqqatiga!

Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilgan imtihonlardan yuqori ball to‘plab, talabalikka tavsiya etilgan barcha abituriyentlarimizni tabriklaymiz! Talabalik baxti muborak bo‘lsin! O‘zJOKUga talabalikka qabul qilingan barchani 6-sentabr kuni universitet binosida kutib qolamiz!
Bakalavr (kunduzgi) ta’lim shakli bo‘yicha qabul qilingan talabalar soat 8:30 da, sirtqi ta’lim shakli va kechki bo‘limga qabul qilinganlar soat 13:30 da universitetda bo‘lishlari so‘raladi! 6-sentabr, dushanba kuni universitetda 1-bosqich talabalarini tantanali kutib olish marosimi bo‘lib o‘tadi. Shu kuni siz uchun ilk dars mashg‘ulotlari ham boshlanadi.
 
Siz uzoq kutgan damlarga yaqin qoldi, barchangizni sizni universitetingiz - O‘zJOKU kutmoqda!

Bo'lishmoq: