25.11.2022 309

O‘zJOKUda “ZO‘R TV” bo‘lib o‘tdi

Imkoniyatlar telekanali “ZO‘R TV” bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari uchun kasting o‘tkazdi.

Kastingda universitetimizning 200 nafardan ortiq talabalari ishtirok etishdi. Ishtirokchilardan talab etiladigani o‘z iste’dodlari namoyon etish va agar avvaldan ushbu sohada faoliyat olib borgan bo‘lsalar ijod mahsullarini hay’at a’zolariga taqdim etishdan iborat bo‘ldi.

Tanlovdan o‘tgan talabalar tez orada telekanalda faoliyatlarini boshlashlari kutilmoqda. Talabalarimizga hamda “Zo‘r TV” telekanali ijodkorlariga faoliyatlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz.

Bo'lishmoq: