16.05.2022 366

O‘zJOKUda I Shanhay hamkorlik tashkiloti Modeli bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar univesitetida Siyosatshunoslik yo‘nalishi 1-2 bosqich talabalaridan tashkil topgan “INTЕLLЕKT” – yoshlar siyosiy tahliliy klubi faoliyati doirasida “Markaziy Osiyoda tinchlik va farovonlik – Shanhay hamkorlik tashkiloti makonida barqarorlikni ta’minlashning asosiy omili” mavzusida I ShHT Modeli bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiyi, klub ilmiy rahbari, professor Muqimjon Qirg‘izboyev boshchiligida Konferensiya avvalida ShHT faoliyati bo‘yicha ekspert, “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi, t.f.d Sadriddin Raximov so‘zga chiqib, tashkilotning maqsad va vazifalari O‘zbekiston Respublikasining ShHT faoliyatida tutgan o‘rni hamda tashkilot faoliyatidagi bir qancha o‘zgarishlar haqida o‘ta muhim bo‘lgan ma’lumotlarni ilmiy-amaliy konferensiya ishtirokchilariga bayon qildi.

ShHT modelining asosiy maqsadi ShHTga a’zo mamlakatlarning oliy darajadagi sammitlarida siyosiy munozaralarni modellashtirish formati doirasida, yoshlarning tashkilot faoliyatiga qiziqishini rag‘batlantirishdan iborat.

Tadbir yoshlarning tashkilot faoliyati bilan bog‘liq tushunchalarini yanada aniqlashtirishga yordam berdi.

Bo'lishmoq: