20.09.2022 510

O‘zJOKUda psixolog treningi tashkil etildi

Bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti talabalari uchun malakali psixolog Laylo Burhonovna ishtirokida “Emotsional intellekt va uni boshqarish qobiliyatlari” mavzusida seminar trening tashkil etildi.

Psixolog treningda ishtirok etgan talabalarning ruhiyat borasidagi savollariga javob berib, o‘zining bilim va tajribalariga tayangan holda, ulardagi kechayotgan hissiy muammolarga yechim topishda ko‘maklashdi.

Bo'lishmoq: