25.11.2022 406

“O‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixiga oid yozma manbalar dunyo to‘plamlarida” ellararo ilmiy konferensiya o‘tkazildi

Bugun Fanlar akademiyasi Tarix instituti, O‘zbekiston Milliy Media Assotsiatsiyasi hamda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti bilan hamkorlikda “O‘zbek xalqi va davlatchiligi tarixiga oid yozma manbalar dunyo to‘plamlarida” ellararo ilmiy konferensiya o‘tkazildi.

Konferensiyadan ko‘zlangan maqsad xorijiy mamlakatlarda saqlanayotgan, Markaziy Osiyo xususan, O‘zbekistonning o‘tmishiga oid yozma manbalar yuzasidan ilmiy tajriba almashishdan iboratdir. Tadbirda O‘zbekiston, Buyuk Britaniya, Italiya, Ispaniya, Mojariston va Turkiyadan taniqli olimlar online tarzda ishtirok etishdi.

Anjuman davomida Mojaristonning “Szeged” universiteti professori Shandor Papp “Mojaristonda Turkiston tarixiga doir manbalar” mavzusidagi chiqishida Budapeshtdagi fanlar akademiyasi Sharq kutubxonasi, Szeged universitetining Sharq bo‘limidagi turkiy va fors tilidagi qo‘lyozmalardan tashqari sharqshunos hamda arxeolog Aurel Shtaynning Turkistonga safari to‘g‘risidagi noyob ma’lumotlar haqida axborot berildi.

Bo'lishmoq: