01.10.2022 381

“O‘qituvchi va murabbiylar kuni” ga bag‘ishlangan tantanali tadbir tashkil etildi

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti professor-o‘qituvchilari uchun O‘zbek milliy akademik drama teatrida 1-oktyabr “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” ga bag‘ishlangan tantanali tadbir tashkil etildi.

Univeraitet jamoasi simfonik orkestrning jonli musiqa sadolari ostida kutib olinib, teatr aktyorlari tomonidan ijro etilgan “Amir Temur” spektakli namoyish etildi.
Spektakldan so’ng professor Sherzodxon Qudratxo‘ja yig‘ilgan barcha hamkasblarini bayram bilan samimiy qutlab, universitet kasaba uyushmasi tomonidan e’tirof etilgan universitet mas’ullari, hamda ilmiy unvon va ilmiy darajaga etishgan professor-o‘qituvchilarga esdalik sovg‘alar va diplomlarni topshirdilar.

Tadbir yodda qolarli daqiqalarga va ijobiy taassurotlarga boy tarzda o‘tdi.

Bo'lishmoq: