23.11.2022 493

“Notiqlik uslubi va boshlovchlik” mavzusida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari bilan “Notiqlik uslubi va boshlovchlik” mavzusida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Yosh bo‘lsada, ko‘p tomoshabinlar nazariga tushgan tele boshlovchilar Islom Qoraboyev hamda Sirojiddin O‘sarov talabalar uchun ushbu mavzu doirasida o‘z tajribalari asoslanib, mahorat darsi tashkil etdilar.

Suhbat davomida davlat va xususiy telekanallarning farqlari, ularning afzalliklari haqida so‘z bordi. Shuningdek, zamonaviy tele boshovchi faoliyati davomida nimalarga e’tibor berishi kerakligi haqida to‘xtalib o‘tildi. Uchrashuv yakunida talabalar mehmonlardan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ham javob olishdi.

Bo'lishmoq: