24.05.2019 1884

"Men olgan rasmlar" fotoko'rgazmasi bo'lib o'tdi

    O‘zbekiston jurnalistitka va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tashkil etilganligining 1 yillik munosabati bilan Mediadizayn yo‘nalishi 1 kurs talabasi Doniyor Shog‘ulomovning rasmlar fotoko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi. 
Doniyor yil davomida universitet hayotini rasmga oldi. Tadbirlar, manzara, dars jarayonlari bari uning ishlarida mujassam bo‘ldi.

 
   Yosh va hali tajribaga ega bo‘lmagan talabaga universitet tomonidan ishonch bildirilib, fotokamera olib berilgan edi. Mana shu kamerada aks ettirgan rasmlarini eng sarasini namoyish qilib, universitet tomonidan rag‘batlantiruvchi Diplom bilan taqdirlandi. 

 
D. Shog‘ulomov telegramda ham o‘z kanaliga ega bo‘lib, https://t.me/doniyor_photographer ilovasi orqali kirib olingan rasmlarni tomosha qilishingiz mumkin

Bo'lishmoq: