17.01.2022 392

“Men bilgan o‘zbekiston” viktorinasining 2-soni

Xabaringiz bor O‘zJOKUda talabalar qishki ta’tilni samarali o‘tkazishlari uchun 4 ta yo‘nalish bo‘yicha video va yozma materiallar tanlovi e’lon qilingan. Hozirga qadar tanlovga talabalardan:
- “Book Review” (Kitob sharhi) bo‘yicha 17 ta material;
- “Cinema Review” (Kino sharhi) bo‘yicha 16 ta material;
- “Xalq va armiya - bir tanu bir jondir” yo‘nalishi bo‘yicha 8 ta videomaterial kelib tushgan.

Eslatib o‘tamiz barcha yo‘nalishlar bo‘yicha g‘oliblarga salmoqli pul mukofotlari topshirish rejalashtirilgan.

Materiallar 20-yanvarga qadar manaviyat.uzjoku@jmcu.uz elektron manzili orqali qabul qilinadi. Shoshiling, muddat oz qoldi, sizda yana 3 kungina vaqt bor! O‘z g‘oyalaringiz, fikrlaringizni biz bilan chiroyli tarzda bo‘lishing va g‘olib bo‘ling!

Ko‘p sonli ishtirokchilar uchun qiziqarli bo‘lgan “Men bilgan O‘zbekiston” viktorinasining 2-bosqichi esa ertaga soat 13:00 da bo‘lib o‘tadi. Ishtirok uchun havolani ertaga rasmiy telegram kanalimizga joylashtiramiz.

Bo'lishmoq: