06.07.2021 685

Magistraturaga qabul boshlandi

2021-yil 5-iyuldan Respublika OTM magistratura mutaxassisliklariga qabul qilish uchun hujjatlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish jarayoni boshlandi.

2021-2022-o‘quv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga o‘qishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy http://magistr.edu.uz veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

Eslatma:
Magistraturaga qabul imtihonlari ikki bosqichda, mutaxassislik fanidan OTM tomonidan belgilangantartib bo‘yicha va chet tili fanidan DTM tomonidan test o‘tkazish orqali O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan tasdiqlangan davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida qabul parametrlariga muvofiq amalga oshiriladi.

Bo'lishmoq: