28.01.2023 224

Madaniy hordiq chiqarish uchun ko‘rgazmaga boring

Toshkent fotosuratlar uyida kecha 27-yanvardan boshlab O‘zbekiston badiiy ijodkorlar uyushmasining fotoshu’ba a’zolari va havaskor fotosuratchilarning hisobot ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.

Ko‘rgazmada O‘zJOKU talabalarining ham fotosuratlari o‘rin olgan. Ular qatorida Madina A’zam, Xolida Musulmon, Kamron Xasanov, Ruslan Maksimovlarning ijod na’munalarini ko‘rishingiz mumkin.

Ko‘rgazma haftaning dushanba kunidan tashqari har kuni 10:00 dan 17:00 gacha ochiq. Kirish mutlaqo bepul.

Ko‘rgazma manzili: https://yandex.com/maps/org/140069598344/

Bo'lishmoq: