11.06.2024 347

“Jurnalistika va axborot” ta’lim sohasi bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengashning ilk yig‘ilishi

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining “Oliy ta’lim yo‘nalishlarini optimallashtirish jarayonida me’yoriy-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish to‘g‘risida”gi 193-son buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zJOKUda “Jurnalistika va axborot” ta’lim sohasi bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi kengash yig‘ilishi o‘tkazildi.

Yig'ilishda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Asad Xodjayev, "Yangi O‘zbekiston" va "Pravda Vostoka" gazetalari bosh muharriri Salim Doniyorov, Milliy teleradio kompaniyasi raisi birinchi o'rinbosari Madamin Safarov, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy taʼlimni rivojlantirish tadqiqotlari markazi direktori Mahmudjon Boltabayev hamda jurnalist kadrlar tayyorlaydigan oliy o'quv yurtlaridan vakillar ishtirok etishdi.

Jurnalistika va axborot ta’lim sohasi bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi kengash a’zolaridan iborat tarkibga O‘zJOKU rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja raislik qildi.

Majlisda kengash a’zolari jurnalistika ta’lim sohasiga zamonaviy yangi bilimlarni kiritish, eskirgan darslar o‘rniga yuqori talabga ehtiyoj bo‘lgan yo‘nalishlarni joriy etish bo‘yicha o‘rinli takliflarni bildirdi.

Yozgi ta'tilda talabalarni jurnalistik bilimlari va ko'nikmalarini oshirishga qaratilgan dasturlar ishlab chiqish, hududiy tahririyatlar va teleradiokanallarda amaliyot uchun sharoitlar yaratish yuzasidan kelishib olindi.

Bo'lishmoq: