24.06.2022 421

“Ilm-fan sohasidagi xizmatlari uchun” tanlovi o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasining “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq, ilm-fanga intilish va uning jozibadorlik muhitini shakllantirish, yoshlarni ilmiy faoliyatga jalb etish, yosh isteʼdod egalarini aniqlash va ijtimoiy muhofaza qilish hamda rag‘batlantirish bo‘yicha “BEST PUBLICATION” ilmiy tadqiqotlar va yoshlarni qo’llab-quvvatlash markazi tomonidan amaliy saʼy-harakatlar olib borilmoqda.

“BEST PUBLICATION” ilmiy-tadqiqotlar va yoshlarni qo‘llab-quvvatlash markazi tomonidan joriy yilning 5-iyun kuni soat 14:00 da Toshkent davlat agrar universitetida “Ilm-fan sohasidagi xizmatlari uchun” xalqaro tanlovining taqdirlash marosimi o‘tkaziladi.

Ushbu tanlovda O‘zJOKU ilmiy ishlar bo‘limi boshlig‘i Hilola Nikadambayeva ham munosib taqdirlandilar. Ilm-fan sohasidagi yuksak e’tirof bilan Hilola Botirovnani universitet jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz.

Bo'lishmoq: