17.05.2022 756

Futbol boʻyicha U-23 Osiyo kubogida bevosita qatnashish istagidamisiz?

Futbol bo‘yicha U-23 Osiyo kubogida bevosita qatnashish istagidamisiz?

Joriy yilning iyun oyida Oʻzbekiston 23 yoshgacha boʻlgan futbolchilar oʻrtasidagi Osiyo kubogiga mezbonlik qiladi.

Qitʼamizning eng kuchli jamoasini aniqlash maqsadida 15 ta yurt terma jamoasi yurtimizga tashrif buyuradi. Boʻlgʻusi jurnalistlar ushbu musobaqaning qaynoq nuqtasida boʻlib, jarayonlarda ishtirok etishlari, tashkiliy ishlarda qatnashishlari, oʻyinlarga oid xabarlar, anonslar va onlayn hisoblarni yozib borishda OʻFA media xizmatiga (https://t.me/FAUzbekistan) koʻmaklashishlari mumkin.

Volontyorlar oʻyinlar, mashgʻulotlar va matbuot anjumanlarida ishtirok etadilar. Bunda nomzodlarning, ayniqsa, yoza olish qobiliyati, shuningdek, kirishuvchanlik va kreativlik kabi xislatlari qadrlanadi (ingliz tilini bilish ham zarar qilmaydi).

Agar Siz ham ushbu musobaqada ishtirok etish niyatida boʻlsangiz, 20-mayga qadar telegram orqali @alisher52 ga oʻzingiz haqingizda qisqacha yozib yuboring.

20-may, juma kuni saralab olinadigan koʻngilli-volontyorlar uchun musobaqa oldidan seminar tashkil etiladi.

Bo'lishmoq: