10.01.2022 1048

Diqqat tanlov!!!

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talaba-yoshlar taʼtildan unumli foydalanishlari maqsadida navbatdagi ijodiy materiallar tanlovini eʼlon qilmoqda!

Qanday tanlov ekanligiga qiziqyapsizmi? Unda diqqat bilan o‘qing!

Universitet talabalari o‘rtasida (havolalar biriktirilgan):

1. “Book Review” (Kitob sharhi);
2. “Cinema Review” (Kino sharhi);
3. “Men bilgan O‘zbekiston” nomli telegram-viktorina;
4. “Xalq va armiya - bir tanu bir jondir” shiori ostidagi videorolik tanlovlariga start berildi.

❕ Buning uchun siz oʻzingiz tanlagan nominatsiyangiz bo‘yicha mazmunli esse/chiroyli taqdimot/kreativ videoroliklar tayyorlashingiz kerak.

Albatta, sizni shunga yarasha mukofot ham kutmoqda.

Demak, 3 ta yo‘nalish (Kitob sharhi, Kino sharhi, “Xalq va armiya — bir tanu bir jondir”) bo‘yicha:
1-o‘rin g‘oliblari uchun — 2 000 000 so‘m;
2-o‘rin g‘oliblari uchun — 1 500 000 so‘m;
3-o‘rin g‘oliblari uchun — 1 000 000 so‘m pul mukofotlari kutmoqda.

“Men bilgan O‘zbekiston” nomli telegram-viktorinasining har kungi g‘oliblari esa 1 000 000 so‘m pul mukofotiga ega bo‘lishadi!

Tanlov yakuni bo‘yicha o‘ringa sazovor bo‘la olmagan, lekin yuqori natijalarga erishgan talabalar faol ishtiroki uchun universitet rahbariyati tomonidan faxriy yorliq bilan taqdirlanadi.

Bo'lishmoq: