22.07.2021 749

“Diplomatic world” jurnali direktori O‘zJOKUda

Bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Belgiyaning “Diplomatic world” jurnali direktori Barbara Ditrix mehmon bo‘ldi.

Ochiq ko‘ngil, san’atsevar va quvnoq ushbu ayol O‘zJOKU rektori Sherzodxon Qudratxo‘ja va universitet jamoasi bilan tezda til topishdi. Bir soatga rejalashtirilgan suhbat ikki soatdanda uzoqroq cho’zildi. Ikki jurnalistning dildan suhbati har ikki tarafda ham iliq tassurot uyg‘otdi.

Poytaxtimizda 15-16-iyul kunlari bo‘lib o‘tgan “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro konferensiya doirasida yurtimizga tashrif buyurgan Barbara Ditrix o‘z jurnalining yangi sonini O‘zbekistonga bag‘ishlashni rejalashtirgan. Jurnalning ushbu sonidan O‘zJOKU rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja bilan bo‘lgan bugungi suhbat ham joy olishi kutilmoqda.

Mehmon universitet bilan tanishar ekan bu yerda nafaqat ta’lim olish va amaliyot o‘tash balki tabiat bilan do‘stlashish hamda hordiq chiqarish uchun ham ajoyib sharoitlar yaratilganidan ruhlandi.

Tashrif so‘ngida Barbara xonimga esdalik uchun universitet va yurtimizni eslatib turuvchi sovg‘alar topshirildi. Uchrashuvdan ruhlangan mehmon universitet bilan xayrlashmasligini, keyingi tashrifda albatta yana kelishi va O‘zJOKU bilan hamkorlikda qilish istagini bildirib, universitet jamoasini ham juda xursand qildi!

Bo'lishmoq: