14.05.2022 414

Dam olish kunlari uchun tavsiya

Dam olish kunlarida talaba-jurnalistlarimizga jurnalistika faoliyatiga bag‘ishlangan “Maxfiy maqola”, “Prezidentning barcha odamlari” va “Xayrli tong” filmlarini ko‘rishni tavsiya qilamiz.

1971-yilda “The Washington Post” gazetasi jurnalistlari Vyetnamdagi urush borasidagi Pentagonning maxfiy hujjatlarini ommaga e’lon qilishadi. Bu hujjatlarning ommaga taqdim etilishi Amerika xavfsizligi uchun tahdiddir, ammo AQSH Oliy Sudi maxfiy maqolani nashr etishga ruxsat berib, ishni jurnalistlar foydasiga hal qiladi. Stiven Spilberg rejissorlik qilgan “Maxfiy maqola (The post, Секретное досье)” filmi AQSH tanqidchilari tomonidan yilning eng yaxshi filmi deb topilgan bo‘lib, so‘z erkinligi uchun kechgan kurashni ko‘rsatib o‘tadi.

“Prezidentning barcha odamlari (All the president’s men, Вся президентская рать)” filmi asosida Uotergeyt ishi ochilishida asosiy harakatlantiruvchi kuch bo‘lgan “The Washington Post” jurnalistlari yozgan hujjatli kitob yotadi. Bu keys ortidan AQSH prezidenti Richard Nikson iste’foga chiqqan. 70-yillar yozuv mashinkalari atmosferasini bera olgan film bir necha Oskar mukofotini qo‘lga kiritgan.

“Xayrli tong (Morning Glory, Доброе утро)” filmi ertalabki yangiliklar televizion shousi sahna ortiga ko‘z tashlaydi. Kamera o‘chirilganidan so‘ng tahririyatda qanday muammolar yuzaga chiqishi haqida so‘zlovchi film yuqoridagi ikkita filmdan komedik jihatdan ajralib turadi. Bosh rollarni mashhur aktyorlar bo‘lgan Harrison Ford va Dayan Kiton ijro etishgan.

Bo'lishmoq: