10.06.2019 1694

Bugun O'zbekiston Qahramoni Said Ahmadning tug'ilgan kuni

      Said Ahmad 1920-yil 10-iyunda Toshkent shahrida tug‘ilgan. U Toshkent rassomchilik bilim yurti hamda Toshkent pedagogika institutida o‘qigan. Ijodkorning dastlabki hikoyalar to‘plami 1940-yilda chop etilgan.

     “Ufq” trilogiyasi, “Jimjitlik” romani, “Xandon pista”, “Bir o‘pichning bahosi” hajviy to‘plamlari mavjud. 2000-yilda 3 jildlik “Tanlangan asarlar”i chop etildi.

      Said Ahmad ijodining kattagina qismi hajviy-yumoristik hikoyalar, qissalar, komediyalardir. “Kelinlar qo‘zg‘oloni”, “Kuyov” komediyalarida bu yorqin namoyon bo‘lgan.

      U “Do‘stlik”, “Buyuk xizmatlari uchun” ordenlari bilan ham mukofotlangan.

      Said Ahmad 2007-yil 5-dekabrda Toshkent shahrida vafot etdi.
 
Bo'lishmoq: