19.01.2022 381

Behbudiy tavalludining 147 yilligiga bag‘ishlanga onlayn konferensiya

Bugun O‘zJOKUda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi hamda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti hamkorligida Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 147 yilligi munosabati bilan “Mahmudxo‘ja Behbudiy merosi va jadid matbuotini o‘rganishning dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro miqyosdagi ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Konferensiyada Amsterdam mintaqaviy, transmilliy va Yevropa tadqiqotlari maktabi (ERTES), AQSHdagi O‘rta Sharq tadqiqoti markazi, Kanadadagi Karlton universitetining Yevropa, Rossiya va Yevroosiyo tadqiqotlari instituti, Germaniyaning Fridrix Shiller nomidagi universiteti, Turkiyaning Anqara universiteti, Ozarbayjondagi Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot instituti professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchi-mutaxassislari qatnashdilar.

Tadbir so‘ngida millatni uyg‘onishga, ma’rifatli bo‘lishga chorlagan Mahmudxo‘ja Behbudiyning hayot va ijod yo‘li asrlar davomida kelajak avlod uchun katta ibrat maktabi bo‘lib xizmat qilishi ta’kidlandi.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tish joizki, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti talabalari uchun Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi stipendiya ta’sis etilgan.

Bo'lishmoq: