04.11.2021 733

AQSH professori O‘zJOKUda

AQShning nufuzli Michigan davlat universiteti professori O‘zJOKUda mehmonda bo‘ldi.

Bugun AQShning nufuzli Michigan davlat universiteti (Michigan State University) professori Doglas Hartman (Douglas K.Hartman) O‘zJOKUga tashrif buyurdi. Dastlab mehmon universitetning Xorijiy tillar kafedrasi mudiri va boshqa mas’ullar tomonidan universitet kampusi bilan tanishtirildi. Talabalar uchun yaratilgan barcha qulayliklar, ayniqsa, Axborot Resurs markazi, multimediya, telestudiya va radiostudiyalarning imkoniyatlari bilan yaqindan tanishtirildi.

Professor ishtirokida “Improving multimedia in HE” (Oliy ta’lim tizimida multimediyani takomillashtirish) mavzusida universitet talabalari bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Professor D.Hartman Michigan davlat universiteti va O‘zJOKU o‘rtasida ilmiy va akademik hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha Ilmiy va innovasiyalar bo‘yicha prorektor Nozima Muratova bilan muzokaralar olib bordi.

Nufuzli mehmon universitetda olib borilayotgan ishlar va o‘zgarishlarni yuksak baholab, hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadga muvofiq ekanligini alohida ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda O‘zJOKU Xorijiy tillar kafedrasi katta o‘qituvchisi Nilufar Yuldashova Michigan davlat universitetida ilmiy stajirovka o‘tamoqda.

Bo'lishmoq: