16.03.2023 521

6 yil "Zulfiya"ga hujjat topshirgan qiz

Bugun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga muvofiq “Zulfiya” nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan universitet talabasi Mamajonova Muxlisa Muzaffar qizi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Davra suhbatida Muxlisa Mamajonova tengqurlariga o‘zining bugungi kunga qadar erishgan yutuqlarini kamtarinlik bilan aytib, muddatidan oldin Buyuk Britaniyaning nufuzli oliy o‘quv yurtiga imtiyoz asosida magistratura bosqichiga o‘qishga kirganligini bildirdi.

Universitet rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja so‘zga chiqib Mamajonovaning ushbu erishgan yutuqlari bardavom bo‘lishini tilab, endi boshlanayotgan katta hayot yo‘liga muvaffaqiyatlar tiladi.

Bo'lishmoq: