08.06.2019 1206

5 ta tashabbusni oliy ta'limda amalga oshirish uchun o'quv-seminari tashkil etildi

Joriy yilning 7-8 iyun kunlari Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbusni oliy ta’lim muassasalarida amalga oshirish hamda ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlarni samarali tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘quv seminarda vazirliklar, qo‘mitalar, nodavlat va notijorat tashkilotlar mutasaddilari, 50 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari rektorlari, 150 nafardan ortiq yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor va bo‘lim boshliqlari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

Guruhlarga bo‘lingan holda tashkil etilgan muloqotlarda oliy ta’lim muassasalaridagi mavjud kamchiliklar tanqidiy tahlil qilinib, holatni yaxshilash mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi. Muloqotlar yakunida 5 ta tashabbusni oliy ta’lim muassasalariga joriy etishga qaratilgan ustivor vazifalarga bag‘ishlangan ma’ruzalar ham tinglandi.

Seminar davomida har bir yo‘nalish bo‘yicha bittadan oliy ta’lim muassasasini namunali qilib tayyorlash va respublikaga o‘rnak qilib ko‘rsatishga kelishib olindi.

Yakunida esa 5 ta tashabbusning oliy ta’lim muassasalaridagi ijrosini tahlil qilish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish vva mavjud ahvolni yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar dasturi tasdiqlandi.

Dastur ijrosini respublika miqiyosida o‘rganib borish , ilg‘or tajribalarni ommalashtirish maqsadida o‘quv seminarining har chorakda bir marotaba o‘tkazilishi belgilandi.
 
Bo'lishmoq: