14.05.2024 134

2023-yilgi 2 nafar O‘zJOKU talabalari “Oltin qalam” bilan mukofotlandi

O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 2023-yilgi 2 nafar bitiruvchisi “Oltin qalam” XVIII Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov g‘olib va sovrindorlari taqdirlandi.

1. O‘zbekiston va Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarning yanada kengayishini ta’minlashga bag‘ishlangan eng yaxshi material uchun” nominatsiyasi g‘olibi – O‘zbekiston Milliy axborot agentligi yetakchi muharriri Behruz Xudoyberdiyev.

2. O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasining qo‘shimcha nominatsiya “Yashil iqtisodiyotni targ‘ib qiluvchi eng yaxshi material rag‘batlantiruvchi mukofoti” Xalqaro press-klub muxbiri Umid Pirboyevga nasib etdi.

Behruz Xudoyberdiyev Internet jurnalistika va media menejmenti fakultetini, Umid Pirboyev Xalqaro va audiovizual jurnalistika fakultetini tamonlagan.

Bo'lishmoq: