25.11.2022 259

“Xorijiy tillarni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalarning muammolari va istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy amaliy konferensiya o‘tkazildi

O‘zJOKUda bugun “Xorijiy tillarni o‘qitishda zamonaviy texnologiyalarning muammolari va istiqbollari” mavzusida xalqaro ilmiy amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Anjumandan ko‘zlangan asosiy maqsad oliy o‘quv yurtlarida masofadan o‘qitishning innovatsion usullari, chet tilini o‘qitishda interaktiv pedagogik texnologiyalar, an’anaviy va noan’anaviy usullar, chet tillarini o‘qitishda kommunikativ yondashuv, chet tillarini o‘qitish jarayonini optimallashtirish, internet resurslardan foydalanish, mustaqil ta’limni rivojlantirish va takomillashtirish yo‘llari yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

Shu jihatdan, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Konfutsiy nomidagi o‘zbek-xitoy instituti bilan hamkorlikda tashkil etilgan bugungi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya mavzusi haqiqatdan ham hozirgi kundagi dolzarb masalalar muhokamasini qamrab olgan.

Bo'lishmoq: