30.05.2020 1136

Ustozga lutf

Bugun Adiblar xiyobonida O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti ma’muriyati O‘quv va tarbiyaviy ishlar bo'yicha prorektor A. Matyakubov, Bosma OAV va noshirlik ishi fakulteti dekani A. Nurmatov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘lim boshlig‘i L. Turayeva, dekan muovinlari va talabalar ishtirokida karantin qoidalariga rioya etgan holda Ozod Sharafiddinov ijodiga bag‘ishlangan "Ustozga lutf" deb nomlangan davra suhbati tashkil qilindi.

Davra suhbati avvalida universitet jamoasi ustozning haykali poyiga gul qo‘yishdi. Adibni xotirlab kichik sahna ko‘rinishi sahnalashtirib, ustozga atab muvashshah va she’rlar aytishdi, suhbat qurishdi. Adib nomi bilan bog‘liq bo‘lgan kelajakdagi rejalarni tuzib olishdi.

Bu inson nafaqat adabiy tanqidchi, yuzlab shogirdlarning ustozi, yozuvchi bo'lib balki, to'g'riso'zligi, e'tiqodi butligi, halolligi va haqiqiy insonligi bilan ham bu dunyoda o'chmas iz qoldirdi deb ayta olamiz

Bo'lishmoq: