Abituriyentlarga eslatma!!!

USHBU MATN USTIGA BOSIB, UMUMIY MA'LUMOTLARGA EGA BO'LISHINGIZ MUMKIN.

Endi abiturient hujjat topshirmaydi, balki original hujjatlarini ko’rsatib, ro’yxatdan o’tadi va o’zi bilan qaytarib olib ketadi;

Ro’yxatdan o’tish uchun quyidagilar kerak:
1) pasport (u yo’q bo’lsa, yoki 09-forma, yoki tug’ilganlik guvohnomasi);
2) diplom yoki shahodatnoma (ilovasi bilan);
3) mabodo imtiyozi bo’lsa, uni tasdiqlovchi hujjat.

OTMlar orqali ro’yxatdan o’tganda ham xuddi shu hujjatlar talab etiladi, avvalgi yillardagidek rasm, papka, 086-ma'lumotnoma shart emas;

DXM va portal orqali ro’yxatdan o’tiladigan 5 ta OTMning tartibi quydagicha:

• ushbu 5 ta OTM faqat birinchi OTM sifatida tanlanayotgandagina DXMga (portal) borish kerak. Masalan, abiturient 1-FarDU; 2-TDTU; 3-FarPI ketma-ketligida topshirmoqchi bo’lsa, DXMlarga boradi;

• agar ushbu 5 ta OTM 2 yoki 3-OTM sifatida tanlanayotgan bo’lsa, unda DXMlarga emas, balki OTMlarga borish kerak. Masalan: 1- TDTU; 2-FarDU; 3-FarPI.

• bundan tashqari abiturientlarga yengillik berish maqsadida, Yuridik universitetdan tashqari qolgan 4 ta OTMning o’zida ham DXMdagi kabi qabullar bo’ladi. Ya'ni masalan, GulDUni 1-OTM sifatida tanlamoqchi bo’lganlar, xohlasa DXMga, xohlasa GulDUning o’ziga borishi mumkin. Xuddi shu tartib FarDU, SamDU, QDU uchun ham amal qiladi.\

OTMlardagi qabullar tartibi quyidagicha:

• istalgan OTM orqali boshqa joylarga hujjat topshirish mumkin. Buning uchun aynan o’sha OTMning o’ziga borish shart emas. Masalan, buxorolik abiturient BuxDUga borib Toshkentdagi 3 ta OTMga: 1) TTА; 2) Pediatriya; 3) Farmatsevtika ko’rinishida hujjat topshira oladi.

Yoki surxondaryolik abiturient TerDUga borib 1) QarDU 2) SamDU 3) O’zMU ko’rinishida topshira oladi. Faqat bitta joyi - mabodo SamDU 1-OTM bo’lsa, unda yuqorida aytganimizdek yoki tumandagi DXMga yoki SamDUning o’ziga borish kerak;

 Yodingizda bo’lsa, ancha oldin magistraturaga faqat turdosh mutaxassisliklar bo’yicha bakalavar diplomiga egalar hujjat topshirishga oid cheklovni bekor qilish rejalashtirilayotgani haqida yozgandim. Buni mutasaddilar ham tasdiqladi, joriy yildan ushbu tartib amal qiladi. Batafsil: t.me/xushnudbek/2003

To’lovlar miqdori quyidagicha:

• joriy yilda bitirganlar - tekin;
• o’tgan yillarda bitirganlar - 101 365 so’m.
Boshqa hech qanday to’lov yo’q. https://t.me/xushnudbek